O'tish: asosiy mazmunga
OnlineMath
Kirish

Foydalanish shartlari

Oxirgi yangilanish: 4-noyabr, 2026

Xizmat

OnlineMath — AI o‘qituvchi bilan matematika o‘rganish platformasi: darslar, mashqlar, imtihon formatidagi testlar, ustoz va ota-ona uchun hisobotlar. AI javoblari tekshiriladi, lekin xato bo‘lishi mumkin — shubhali joyni ustozingizdan so‘rang.

Hisob va xulq

Parolingizni boshqalarga bermang. Platformadan faqat o‘qish uchun foydalaning: boshqa foydalanuvchilarni haqorat qilish, tizimni buzishga urinish yoki AI’ni o‘qishga aloqasiz maqsadda ishlatish taqiqlanadi — bunday hisob bloklanishi mumkin.

Tariflar va to‘lov

Bepul tarifda asosiy darslar va mashqlar ochiq. Pullik tarif to‘lov tasdiqlangan kundan boshlab 30 kun amal qiladi. Ustoz bilan dars 12 soatdan oldin bekor qilinsa, dars hisobingizga qaytariladi. AI imkoniyatlari kunlik va oylik chegaralarga ega.

Mazmun

Darslar va masalalar platformaga tegishli. Ularni shaxsiy o‘qish uchun ishlatishingiz mumkin; ommaviy tarqatish yoki sotish uchun ruxsat kerak. Yuklangan kitoblar uchun ularni yuklagan administrator foydalanish huquqiga javob beradi.

Xizmat egasi: OnlineMath